Samvel Babayan boshchiligidagi O`zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 saralashining uchinchi bosqichi, ikkinchi tur o`yinini o`tkazish uchun Qatarga jo`nab ketdi, deb xabar bemoqda O`FF matbuot xizmati.
Milliy terma jamoa charter reys bilan Dohaga yo`l oldi. Jamoa a`zolaridan – Aziz Haydarov sonining orqa qismidan olgan jarohati sababli 6 sentyabr kuni Qatarga qarshi bo`lib o`tadigan o`yinga bormaydigan bo`ldi.
Terma jamoaning 23 nafar futbolchisi “Al Saad” stadionida bo`lib o`tadigan o`yinga yo`l oldi. O`zbekiston milliy terma jamoasining Qatarga qarshi o`yin uchun tarkibi:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).
Himoyachilar: Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv”), Egor Krimes (“Beyjing Goan” – Xitoy), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay” – Xitoy), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv” – Rossiya), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”).
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar” – Rossiya), Sardor Rashidov (“Al-Jaish” – Qatar), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Salamat Qutiboev (“Buxoro”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Server Jeparov (“Lokomotiv”).
Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjing Goan” – Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi” - Qozog`iston).