AsosiyDunyo

Usmonovning “Dilbar”idan 5 mln. evro qiymatga ega bo`lgan 30 ta rasm tortib olindi

'Usmonovning “Dilbar”idan 5 mln. evro qiymatga ega bo`lgan 30 ta rasm tortib olindi'ning rasmi

Germaniya polisiyasi Usmonovning “Dilbar” yaxtasidan 5 million evro qiymatga ega bo`lgan 30 ta rasmni tortib oldi. Bu haqda zamon.uz  xabar berdi.

Xabar berilishicha, yaxtaning ichki qismini bezab turgan rasmlar olib ketilgan. Qiymati 5 million evroga etishi mumkin bo`lgan ishlar ekspeditorlik kompaniyasi omborida saqlanadi.

Taxminlarga ko`ra, ular orasida Mark Chagallning ham rasmlari bo`lishi mumkin.

Usmonov mulkining ushlab ketilishi Evropa sanksiyalari bilan bog`liq deyilmoqda. Shuningdek, Germaniya hukumati Usmonov soliqlarni to`lamagani yuzasidan tergov olib bormoqda: U 2014 yildan beri kamida 555 million evro miqdoridagi soliqlarni to`lamagan bo`lishi mumkin.

Bunday ayblovga javoban tadbirkorning vakili Alisher Usmonov “qonunga bo`ysunuvchi va vijdonli soliq to`lovchi bo`lib, Rossiyada soliqlarni to`lab bo`lgan”, deb javob berdi.

Alisher Usmonov 2016 yilda Germaniyaning “Lyurssen” kemasozlik kompaniyasiga yaxta uchun 600 million dollar to`lagan.

    Boshqa yangiliklar