1

O`zbekistonlik 13 nafar bokschi Osiyo chempionati yarim finaliga chiqdi

Sport 08.11.2022, 19:00
O`zbekistonlik 13 nafar bokschi Osiyo chempionati yarim finaliga chiqdi

Ammandagi Osiyo chempionatida chorak finallar yakunlandi.

Yarim finalga O`zbekiston terma jamoasidan 13 nafar bokschi etib keldi. Terma jamoamiz 23 nafar bokschi bilan musobaqaga yo`l olgandi. Eng ko`p ishtirokchi - Qozog`istondan. Qo`shnilarimizning 21 nafar bokschisi medalni naqd qilgan. Ular musobaqaga to`liq tarkibda - 25 nafar bokschi bilan borishgandi. Hindiston terma jamoasi esa 12 ta yarim finalga ega.

Umumiy hisobda: (25 ta vazndan)

Qozog`iston - 21
O`zbekiston - 13
Hindiston - 12
Mo`g`uliston - 10
Yaponiya, Iordaniya - 7
Janubiy Koreya - 6
Tailand - 5
Xitoy Taypeyi, Qirg`iziston - 4
Filippin - 3
Eron, Tojikiston, Vetnam - 2
Pokiston - 1

Erkaklar o`rtasida (13 ta vaznda) ham mos ravishda eng ko`p yarim finalchi Qozog`istondan - 12 ta. O`zbekistondan esa 10 nafar bokschi yarim finalga yo`l oldi. Hindiston, Iordaniya va Mo`g`uliston 5 tadan yarim finalchiga ega.

Erkaklar:

Qozog`iston - 12
O`zbekiston - 10
Hindiston, Iordaniya, Mo`g`uliston - 5
Qirg`iziston - 4
Eron, Yaponiya, Tojikiston, Tailand - 2
Xitoy Taypeyi, Pokiston, Filippin - 1


Ayollar (12 ta vaznda) o`rtasida ham Qozog`iston etakchi - yarim finalda 9 nafar ishtirokchi. Hindistonda 7 nafar, Janubiy Koreyada esa 6 ta yarim finalchi bor. O`zbekiston terma jamoasining 3 nafar a`zosi final yo`llanmasi uchun kurashadi. O`zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqaga 10 nafar bokschi bilan yo`l olgandi.

Ayollar:

Qozog`iston - 9
Hindiston - 7
Janubiy Koreya - 6
Yaponiya, Mo`g`aliston - 5
Xitoy Taypeyi, Tailand, O`zbekiston - 3
Iordaniya, Filippin, Vetnam - 2.

Bugun musobaqada dam olish kuni. Yarim final bahslariga ertadan start beriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1