AsosiyDunyo

Qozog`iston neft bozorida Rossiyani chetlab o`tmoqchi. Tokaev Kaspiy dengizi portlari orqali neft tashishni ko`paytirishni buyurdi

'Qozog`iston neft bozorida Rossiyani chetlab o`tmoqchi. Tokaev Kaspiy dengizi portlari orqali neft tashishni ko`paytirishni buyurdi'ning rasmi

Qozog`iston prezidenti Qosim-Jomart To`qaev Kaspiy dengizidagi Aktau va Kurik portlari orqali neft tashish hajmini yiliga 20 million tonnagacha oshirishga va Rossiyani chetlab o`tib savdo qilish bo`yicha ko`rsatma berdi. Bu haqda "Gorizont" telegram kanali “TASS”ga tayanib xabar bermoqda.

“O`tkazuvchanlikni oshirish uchun Aktau va Kurik portlarining barcha mavjud quvvatlarini ishga tushirishimiz kerak”, — dedi Tokaev.

Prezident jahon bozorlaridagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda Transkaspiy yo`nalishini yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etishiga e`tibor qaratdi. Tokaev Ostona bu borada hamkor davlatlar bilan kelishuvga erishganini ta`kidladi.

 

    Boshqa yangiliklar