AsosiyJamiyat

Navoiyda tunda savdo do`konlari yonib ketdi

'Navoiyda tunda savdo do`konlari yonib ketdi'ning rasmi

Joriy yilning 8 noyabr kuni soat 23:12 da Navoiy viloyati Xatirchi tumani "Navbahor" MFY A. Yassaviy ko`chasida joylashgan savdo do`konlarida yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko`ra 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji 23:14 da voqea joyiga etib borgan va yong`in soat 23:38 da bartaraf etilgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra yong`in natijasida kiyim-kechak, maishiy texnika, chinni-chinovor va boshqa do`konlarning 120 kv.m maydonda do`kon jihozlari, mahsulotlari, shift va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong`indan imoratlarining 1500 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.

Hozirda yong`inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar