Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Prezident qarori (PQ–416-son, 08.11.2022 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qarorga ko`ra:
Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, u muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo`nalishlariga ixtisoslashtiriladi.
Mirzo Ulug`bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulug`bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros ob`ektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizasiya va muhandislik yo`nalishlariga ixtisoslashtiriladi.
Universitetlarda o`quv jarayonlari davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul tizimi asosida olib boriladi va ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yo`naltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.
Universitetlar tuzilmasida Strategik rivojlantirish bo`yicha birinchi prorektor lavozimi joriy etiladi.
️ 2023 yil 1 martga qadar bakalavriat ta`lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro ta`lim va kasb klassifikatorlariga muvofiq maqbullashtiriladi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark, Mirzo Ulug`bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida Inkubasiya markazi tashkil etiladi.






