AsosiyJamiyat

Farg`ona vodiysi viloyatlarida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarining faoliyati 9 noyabrdan boshlab vaqtinchalik to`xtatiladi

'Farg`ona vodiysi viloyatlarida avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarining faoliyati 9 noyabrdan boshlab vaqtinchalik to`xtatiladi'ning rasmi

Bu haqda "O`ztransgaz" matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Respublikada tabiiy gaz iste`moli ortishi munosabati bilan 2022 yil 9 noyabrdan boshlab barcha AGTKSh Energetika vazirligi hamda viloyatlar hokimliklari bilan tasdiqlangan maxsus ish tartibiga o`tkaziladi. Farg`ona viloyati transport boshqarmasining xabar berishicha, gaz quyish shoxobchalari faoliyati tonggi soat 6:00 dan tungi 18:00 ga qadar etib belgilandi.

"Ob-havoning pasayishi sharoitida aholi, iste`molchilar hamda ijtimoiy soha ob`ektlari, shuningdek, strategik ahamiyatga molik korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror hamda uzluksiz ta`minlash birlamchi vazifa hisoblanadi", —  deyiladi xabarda.

Xabarda keltirilishicha, joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik bo`lib, vaziyat o`nglanishi bilan barcha AGTKSh odatdagi ish tartibiga qaytadi.

    Boshqa yangiliklar