Xorazm viloyatida yashovchi 23 yoshli Aziza Sobitova (ism familiyasi o`zgartirilgan) Internet tarmog`idan foydalanishi davomida Suriya davlatidagi xalqaro terroristik tashkiloti "jangari" larining ta`siriga tushib, ularning safiga chiqib ketayotgan vaqtda viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan qo`lga olindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, A.Sobitova o`zining tanishlariga diniy da`vatlar qilib, Internet tarmog`i orqali ularga «jangari»larning qo`poruvchilik faoliyati aks etgan videoroliklarni tarqatib kelgan.
Hozirda A.Sobitovaga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qamoqqa olingan. Hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.






