AsosiySport

Messi soch rangini mallaga bo`yagani sababini tushintirib berdi

Argentina terma jamoasi hamda “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi sochlarini malla rangga bo`yagani sababini ma`lum qildi, deb xabar bermoda Daily Mail. 

Messining aytishicha,imijning jiddiy o`zgartirilishi Amerika Kuboki–2016 finalida Chiliga mag`lub bo`lgani bilan uzviy bog`liq.

– Amerika Kubogi–2016 turniridagi mag`lubiyatdan so`ng qiyin kunlar keldi. Sochimni malla rangga bo`yab, barchasini oq varaqdan, ya`ni, boshidan boshlash zarurligini tushundim. Futboldan tashqari qolganimda nimadir qilishim kerak edi, – dedi Lionel Messi.

Eslatib o`tamiz, Amerika Kubogi–2016 finalida Argentina terma jamoasi Chiliga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergandi. Iyul oyi oxirida esa Messi sochini malla rangga bo`yagandi

Boshqa yangiliklar