Surxondaryo viloyatida 2000 yilda tug`ilgan fuqaro M.E. qurilish sohasiga ishlash uchun Samaraga boradi. U joriy yilning noyabr oyida qurilish ob`ektining 2 qavatidan boshi bilan yiqilib, og`ir tan jarohati oladi.
Fuqaro Samara shahar klinik shifoxonasining jonlantirish bo`limiga yotqiziladi.
Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Samara shahridagi vakilligi xodimlari yurtdoshimiz holidan xabar oldi.
Ma`lum bo`lishicha, bugungi kunga qadar ish beruvchi fuqaro jarrohligi uchun 30 ming rubl miqdorida pul mablag`i berganligi ma`lum bo`ldi.
Voqea yuzasidan ushbu hodisa qanday ro`y berganligi haqida qo`shimcha ma`lumot olish uchun fuqaroning sog`ligi barqaror holatga kelishi kutilmoqda.






