Bugun, 6 sentyabr kuni Osiyo qit`sidan JCh-2018 saralashining final bosqichi 2-turida O`zbekiston terma jamoasi safarda Qatar mehmoni bo`ladi.
Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladigan mazkur o`yinda O`zbekiston terma jamoasi futbolchilari qora rangdagi motam bog`ichida maydonga tushadilar.
O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, O`zbekiston terma jamoasining murojaatiga ko`ra, Qatarga qarshi o`yin O`zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yorqin xotirasi munosabati bilan 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi.





