Bugun O`zbekiston Superligasida chempionlik kubogi 3 ta stadionga olib chiqiladi

Sport 12.11.2022, 15:08
Bugun O`zbekiston Superligasida chempionlik kubogi 3 ta stadionga olib chiqiladi

Bugun O`zbekiston Superligasining so`ngi tur bahslari bo`lib o`tadi.  Avvalgi mavsumlarga nazar tashlaydigan bo`lsak, ko`p xollarda chempion nomi so`ngi turdan ancha avval ma`lum bo`lardi. Bu yilgi mavsum esa muxlislar sabrini so`ngi turgacha "sinovdan o`tkazdi".  

Bugun 7 ta stadionda o`tadigan o`yinlaridan keyin chempion, sovrindorlar va Pro ligaga yo`l oladigan jamoa nomi aniq bo`ladi. Chempionlik kubogi esa baravariga 3 ta stadionga olib chiqiladi.

Turnir jadvaliga e`tibor qaratadigan bo`lsak, "Paxtakor" 51 ochko bilan peshqadam bo`lib turibdi. "Paxtakor"ning g`alabasi oriqcha hisob-kitoblarsiz klubni chempionlik shohsupasiga olib chiqadi. Durangdan, "Navbahor" faqat AGMKni yutish orqali foydalanib qolishi mumkin. Chunki namanganliklar hisobida 50 ochko mavjud va ikkinchi o`rinda ketmoqda. Agarda "Paxtakor" mag`lubiyatga uchrab, "Navbahor" durang qayd etsa, ochkolar tenglashadi. Joriy yilgi o`zaro uchrashuvlarda ustunlik "Paxtakor" tomonida. Bunday holat ro`y bergan taqdirda Maksim Shaskix shogirdlari birinchi o`rinda qolishadi. "Nasaf" futbolchilari "Olimpik"ni mag`lubiyatga uchratishlari evaziga "Paxtakor"ga etib olishadi va ikki jamoada ham bir xil 52 ochkodan bo`ladi. O`zaro o`yinlarda qarshiliklar 4, poytaxt klubi 1 ochko ishlagan. Bunda "Nasaf" chempionlikni rasmiylashtiradi.

Xullas, barchasiga bugun 17:00 da start oladigan bahslardan so`ng ma`lum bo`ladi.
Siz qaysi jamoaning imkoniyatlarini yuqoriroq baholaysiz? Ovoz berishingiz mumkin...

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1