"O`zgidromet" markazi O`zbekiston hududlarida 14-17 noyabr kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, Qoraqalpog`istonda havo o`zgarib turadi, 14 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 15-17 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 noyabrda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat, 14 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 15 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 16 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 17 noyabrda kechasi 0-5° sovuq, Ustyurtda 6-9° gacha, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
XORAZM VILOYaTI
Havo o`zgarib turadi, 14 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 15-17 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14 noyabrda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 14 noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 15 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 16 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 17 noyabrda kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 14 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 15-17 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 noyabrda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Navoiy viloyatining ayrim joyrlarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14-15 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 16 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 17 noyabrda kechasi 0-5°iliq ba`zi joylarda 2°sovuq gacha, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi. bo`ladi.
TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 14 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi faqat Samarqand viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 15 va 17 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 16 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 noyabrda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Jizzax viloyatining ayrim joylarida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 14 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 15 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 16 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq, 17 noyabrda kechasi 0-5° iliq ba`zi joylarda 2°sovuq gacha, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, 14 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi faqat Qashqadaryo viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. 15 va 17 noyabrda yog`ingarchilik kutilmaydi. 16 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 noyabrda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo`ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI
Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, 16 noyabrda ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 noyabrda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 14-16 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 9-14° iliq, 17 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.
RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), 15-16 noyabrda ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 14-15 noyabrda ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 14-15 noyabrda 3°sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 16 noyabrda kechasi va ertalab 3°sovuq-2° iliq, 17 noyabrda kechasi 0-5°sovuq kunduzi 3°sovuq-2° iliq bo`ladi.
Ushbu prognozlar sharhiga ko`ra, 20-25 yil, ba`zan 40 yilda bir kuzatiluvchi mazkur keng masshtabli past bosimli sinoptik jarayon Qozog`iston, Rossiya markaziy va g`arbiy hamda O`zbekistonda kelayotgan ikki kunlik ob-havoni belgilaydi. Markazida atmosfera bosimi 975 gPa gacha pasayuvchi sho`ng`uvchi siklonida joylarda atmosfera bosimi keskin farqlanuvchi hududlarni yuzaga keltiradi. Atmosfera fizikasida ushbu jarayon davomli kuchli gradient shamollarni keltirib chiqaradi.
Siklon rus erlari va Qozog`istondan ko`p yog`inlar bilan o`tadi. Ayrim hududlarda shamol tezligi 25 m/sgacha kuchayadi. Siklonning markaziga yaqin chetroq hududlarida kuchli yog`ingarchilik kuzatiladi. Prognozlar sutkasiga 30-50 mm gacha yog`in bo`lishini ko`rsatmoqda.