1

Xonanda Lolaning Instagram`dagi posti muxlislarini g`azablantirdi

Shou-biznes 06.09.2016, 15:18
Teglar: Xonanda, Shou-biznes, Lola Yo`ldosheva
Xonanda Lolaning Instagram`dagi posti muxlislarini g`azablantirdi

Xonanda Lola Yo`ldosheva o`zining Instagram`dagi sahifasiga 4 sentyabr kuni bundan buyon tug`ilgan kunini qanday nishonlashi haqida aytib, surat joyladi. 

“Mana mening tasavvurimdagi ideal tug`ilgan kunim. Taomilga ko`ra, bu kunda telefon qo`ng`iroqlar, smslardan ‘portlaydi’.  Kun davomida mehmonlar qadami uzilmaydi, gula va sovg`alar yuborishadi, iliq so`zlar va istaklarni aytish va bu kunni tantanovor tarzda o`tkazish uchun ko`rishishni istashadi. Men esa bu kunda yolg`iz qolishni, tinchlik va osudalikni istayman. 

Tug`ilgan kunimda o`zimga nisbatan haddan ziyod e`tibor meni biroz charchatardi. Bu yil esa men bu kunni qanday o`tkazishni istashimni tushundim. Mening kunim... Va men yangi an`ana joriy etishga qaror qildim. Endi har tug`ilgan kunimni men hech qachon bormagan joyimda o`tkazaman. Yangi mamlakatlar, katta va kichik shaharlar, qiziqarli joylar, shinam ko`chalar, qishloqlar...Toki har yilning 4-sentyabri unutilmas bo`lsin! Yonimda esa faqat eng yaqinlarim va yuragimga yaqin insonlar bo`lishini istayman. Qarindoshlarim, sevimli insonlarim, mening oilam... Men uchun bundan qadrliroq hech narsa yo`q”,—deydi Lola.

Xonandani ijtimoiy tarmoq orqali kuzatib boruvchilardan biri xonandaning mazkur postiga nisbatan e`tiroz bildirdi. 

“Avvalambor, tug`ilgan kuningiz bilan, Lola! Balki mening izohim uchun bloklarsiz, men bunga tayyorman. Biroq, mening eng sevimli xonandalarimdan biri o`zining Instagram`dagi lentasiga marhum Prezidentimiz xotirasiga bag`ishlangan birorta ham post qo`ymadi. Balki siz ich-ichingizdan qayg`uda ekanligingizni va buni ommaga  bildirmasligingizni aytarsiz, ammo sizni ijtimoiy tarmoq orqali yuzlab odamlar kuzatib boradi va mas`uliyat ham shunga yarasha. Siz yaxshi xonandasiz, qo`shiqlaringiz ajoyib, lekin men sizdan biroz xafaman”,—deb yozdi xonandani kuzatib boruvchi internet foydalanuvchilaridan biri. 

Xonanda Lola ham o`z navbatida mazkur e`tirozni javobsiz qoldirmadi: 

“Men o`z sahifamga Prezidentimiz xotirasiga post qo`ydim va o`z ta`ziyamni izhor etdim. Biroq uning tagida siyosiy bahslar ko`payib ketdi. men bunday izohlarni o`chirishdan charchadim, shuning uchun suratni o`chirib qo`ya qoldim. men siyosatdan juda uzoqdaman va mening sahifamda unga o`rin yo`q”.

Sharhlar

Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
Zoxirshoh Jo`raev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo`ydi

06.11.2019, 12:06

Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...
Ozodbek Nazarbekov, Ulug`bek Rahmatullaev, Shaxzoda va Lolani birlashtirgan loyiha — QO`LINGDA IMKON!

21.05.2018, 09:33

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo`lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo`l urildi. Taronani O`zbekiston xalq...
Lola nega folchilarni inkor etmadi?

29.03.2018, 09:26

Ijod va oilani bir maromda olib borayotgan xonanda Lola Yo`ldosheva noodatiy savollarimizga javob berdi... — Aytishlaricha siz... — Ishga nisbatan injiq va talabchanman ekanman. Menimcha,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1