AsosiyJamiyat

Noqulay ob-havo tufayli Farg`onadagi qator reyslar majburiy kechiktirildi

'Noqulay ob-havo tufayli Farg`onadagi qator reyslar majburiy kechiktirildi'ning rasmi

“Uzbekistan Airways” aviaqatnovlar kechiktirilgani to`g`risida rasmiy xabar e`lon qildi. 

Unga ko`ra, bugun, 2022 yil 14 noyabr kuni Farg`ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli rejalashtirilgan bir qator reyslar majburiy kechiktirildi. Jumladan:

HY081 Toshkent – Farg`ona qatnovi soat 06:55 o`rniga soat 09:44 da jo`nab ketdi.

HY277 Farg`ona – Istanbul va HY278 Istanbul – Farg`ona hamda HY082 Toshkent – Farg`ona qatnovlari ham kechikishini ma`lum qilamiz.

"Aviakompaniya uchun yo`lovchilar xavfsizligi yuqori o`rinda turishini eslatib o`tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo`lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi “Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati.

    Boshqa yangiliklar