2022/2023 o`quv yili uchun davlat oliy ta`lim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qat`i nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, o`qishga qabul qilingan talabalar o`qishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qo`lga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestasiyasiga ruxsat etilmaydi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022 yil 20 dekabrdan 2023 yil 10 yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro`yxatdan o`tish imkoniyati yaratiladi.
Tanlov natijalari bakalavriat diplomning o`rtacha ballari asosida aniqlanadi.
Shuningdek, davlat OTMlarining magistraturasiga S1, V2 milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatiga ega bo`lib, hujjat topshirgan, ammo kvota doirasida talaba bo`lolmaganlarga belgilangan bazaviy to`lov-kontraktning 1.5 baravaridan oshmagan miqdordagi to`lov asosida magistraturada o`qish imkoniyati yaratildi.
Ma`lumot o`rnida, Prezidentning tegishli qaroriga ko`ra abiturient filologiya yo`nalishlari bo`yicha kamida C1, nofilologik yo`nalishlari bo`yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo`lish talabi belgilangan.
Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro`yxati