Joriy yilning 13 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazmda kelin qaynonasini urib qiynadi” nomli sarlavha ostida videolavha tarqaldi.
Holat bo`yicha IIV matbuot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.
Videolavhada bir ayol boshqa bir ayolni bosh qismiga qo`li bilan urganligi, jabrlanuvchi ayol esa bu vaziyatda qarshilik ko`rsatmaganligi aks etgan.
Xorazm viloyati IIB mas`ul xodimlari tomonidan olib borilgan dastlabki o`rganishlarga ko`ra, holat Urganch tumani “Shermatlar” mahallasida sodir bo`lgan.
Aniqlanishicha, ushbu xonadonda yashovchi, M.J. o`zaro kelishmovchilik sababli qaynonasi Yo.Sh. bilan nizolashib kelgan va qaynonasini betob bo`lib yotganligidan foydalanib qo`li bilan bosh qismiga urgan, ushbu xolatni jabrlanuvchining turmush o`rtog`i qo`l telefoni orqali videotasvirga olib, joriy yilning 4-noyabr kuni Urganch tumani IIB ga taqdim etgan.
O`z navbatida Urganch tumani IIB tomonidan 4-noyabr kuni fuqaro Yo.Sh. ga nisbatan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan, M.J. ning xatti-harakatlari yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Fuqaro Yo.Sh. ga nisbatan kelgusida kelini tomonidan zo`rlik va tazyiq o`tkazilishining oldini olish maqsadida “Himoya orderi” rasmiylashtirildi