Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida pirotexnika vositalarining savdosiga qarshi tadbir o`tkazildi.
Tadbir davomida M.M. tomonidan sotish maqsadida 309 quti “Britanik” nomli pirotexnika vositalari va “7Shots” nomli salyutlar saqlab kelinayotganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo`yilgan bo`lib, holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






