Afg`onistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) elektr kompaniyasi O`zbekistondan mamlakatga etkazib beriladigan elektr zanjiri texnik nosozlik tufayli uzilganini ma`lum qildi.
Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
“Breshna” kompaniyasi ma`lumotiga ko`ra, muammo ikki kun ichida hal qilinishi kutilmoqda. Hozirda Kobulning ayrim viloyat va tumanlaridagi aholi elektrsiz yashamoqda.
“Elektrga bo`lgan talabni kamaytirish uchun Turkmaniston elektr energiyasi Kobulga etkazib beruvchi elektr zanjiriga ulanadi. Mahalliy elektr energiyasidan foydalanish esa davom etadi”, — deydi “Breshna” matbuot kotibi Kamtulloh Mayvand.
Afg`onistondagi 13 viloyat, jumladan, Kobulda elektr energiyasi O`zbekistondan import qilinishi hisobiga ta`minlanadi. Qo`shni respublika elektr energiyasini Eron, Turkmaniston va Tojikistondan ham import qiladi.
Avgust oyida O`zbekiston Energetika vazirligi Afg`onistonning 2021-yil uchun etkazib berilgan elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud emasligini ee`lon qilingandi. 2022 yilda ham to`lovlar amalga oshirilayotgani qo`shimcha qilingan edi.