Doha shahridagi "Jassim Bin Hamad" stadionida Qatar hamda O`zbekiston milliy terma jamoalari o`rtasidagi JCh-2018 saralash uchrashuvi nihoyasiga etdi.
Unda 0:1 hisobi qayd etilib, O`zbekiston termasining g`alabasi bilan yakunlandi.
O`yinda yagona gol 86-daqiqada Egor Krimes tomonidan kiritildi.
Futbolchilar ushbu yagona gol va g`alabani O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasiga bag`ishlashdi.
Mazkur gol amalda bizga uch ochkoni taqdim etdi va termamizni 1-o`ringa olib chiqdi.
JCh-2018 saralashi, Osiyo qit`asi 3-bosqich.
Qatar - O`zbekiston — 0:1
Gol: Egor Krimes (86)
Qatar: Umar Barri, Muhammad Muso, Abdulkarim Hasan, Bualem Xuhi, Karim Budiaf, Ahmad Yosir, Rodrigo Tabata (Ali Asadulla, 64), Ahmad al-Said, Akram Afif, Hasan al-Haydos, Sebestyan Soriya-Kuintana
O`zbekiston: Aleksandr Lobanov - Vitaliy Denisov, Egor Krimes, Anzur Ismoilov, Islom To`xtaxo`jaev - Sardor Rashidov (Aleksandr Geynrix, 60), Odil Ahmedov, Otabek Shukurov, Server Jeparov (Javohir Sohibov, 81) - Eldor Shomurodov, Igor Sergeev.





