Kechadan buyon "Qamchiq" dovonida qor yog`moqda. Kuchli qor oqibatida dovondagi yo`llar mashina qatnovi uchun bir muncha qiyin holatga kelib qolgan.
Ayni daqiqalarda dovon yo`lini maxsus texnikalar yordamida qordan tozalash ishlari uzluksiz ravishda olib borilib, muzlamalarni bartaraf qilish uchun qum-tuz aralashmasi sepilmoqda deya xabar bermoqda Yo`l harakati xavfsizligi xizmati.
Ikki tunnel o`rtasida ko`rinish masofasi 300 metr, tuman, havo harorati -4 daraja sovuq. Qor qalinligi 35 sm, tog` yonbag`irlarida 65 smga etdi.
Barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlab, tezlikni me`yordan oshirmasdan, ehtiyotkorlik bilan harakatlanishlarini so`raymiz, demoqda YHXX axborot xizmati.






