Dehqonobod tumani “Beshqo`ton” mahalla fuqarolar yig`inida hokim yordamchisi lavozimida faoliyat olib borgan A.T. bir guruh tadbirkorlik sub`ektlari rahbarlari bilan o`zaro jinoiy til biriktirib, davlat dasturlari asosida fuqarolarga ajratilgan kredit mablag`larini o`zlashtirganlik holati aniqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dastlabki tergov davomida A.T.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.
Tergov yakuni bo`yicha batafsil axborot beriladi, deyiladi xabarda.






