Moskva shahri Kutuzovskiy shoh ko`chasida yuz bergan avtohalokatda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning haydovchisi halok bo`ldi. Bu haqda “Tjournal” nashri xabar bermoqda.
Nashrning xabar berishicha, zirhli BMW avtomobili qarama-qarshi yo`nalishda harakatlanib kelayotgan Mercedes avtomobili bilan to`qnashib ketgan.
Avtohalokat yuz bergan chog`da avtomobilda prezident bo`lmagan. Haydovchi hodisa joyida vafot etgan.





