Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G20 sammiti ishtirokchilariga videoaloqa orqali so`zlab, Ukrainaning Rossiya bilan tinchlikka erishish bo`yicha takliflarini e`lon qildi. Kiev tomonidan ishlab chiqilgan reja 10 bandni o`z ichiga oladi:
1. Ukrainaning radiasiyaviy va yadroviy xavfsizligini ta`minlash.
2. Ukrainaning oziq-ovqat xavfsizligini ta`minlash.
3. Ukrainaning energetik xavfsizligini ta`minlash.
4. Barcha mahbuslarni va deportasiya qilinganlarni ozod qilish.
5. BMT Nizomini amalga oshirish va Ukraina hududiy yaxlitligini tiklash.
6. Rossiya qo`shinlarining Ukrainadan olib chiqilishi va harbiy harakatlar to`xtatilishi.
7. Adolatning qaytishi.
8. Ekotsidga qarshi kurash.
9. Eskalasiyaning oldini olish.
10. Urushning tugashini aniqlash.
Shu bilan birga, Zelenskiy Rossiya tajovuziga yangi urinishlarning oldini olishga qaratilgan “urushdan keyingi xavfsizlik arxitekturasining asosiy elementlarini” birlashtirishi kerak bo`lgan xalqaro organni yaratishga chaqirdi. Bundan tashqari, Ukraina rahbari yana bir bor xalqaro tribunal tashkil etishga chaqirdi, uning maqsadi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy jinoyatlarida aybdorlarni javobgarlikka tortishdir. Vladimir Zelenskiy Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini Kiev Xavfsizlik kelishuvida belgilashni taklif qildi, uning loyihasi allaqachon Kiev tomonidan ishlab chiqilgan va hamkorlarga taklif qilingan.
Sammit ishtirokchilariga qilgan murojaatida Zelenskiy G20ni “o`n to`qqiztalik guruhi” deb atadi, u Rossiyani a`zolikdan chiqarib tashlagan. Ukraina prezidenti "Rossiya rasmiylari tomonidan qo`llanilgan yadro qurolining aqldan ozgan tahdidlarini" qoraladi va sammit ishtirokchilariga, Rossiyadan tashqari, yadro qurolidan foydalanishga yo`l qo`yib bo`lmasligi masalasida birdamliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.
G20 sammiti Indoneziyaning Bali orolida bo`lib o`tmoqda. Uchrashuvda Rossiya prezidenti Vladimir Putin o`rniga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ishtirok etdi va sal avval uning allaqaon sammitni tark etgani xabar qilingan edi. Sammit bugun ham davom etadi.






