AsosiyJamiyat

Elektr ta`minotida bir soatdan ortiq cheklov kiritgan mas`ullarga chora ko`riladi —energetika vaziri o`rinbosari

'Elektr ta`minotida bir soatdan ortiq cheklov kiritgan mas`ullarga chora ko`riladi —energetika vaziri o`rinbosari'ning rasmi

AOKAda bo`lib o`tgan iste`molchilarni kuz-qish mavsumida energiya resurslari bilan to`laqonli ta`minlash va bu boradagi muammolar, oldinda turgan dolzarb vazifalarga bag`ishlangan matbuot anjumanida energetika vaziri o`rinbosari elektr ta`minotida bir soatdan ortiq cheklov kiritgan mas`ullarga chora ko`rilishini ma`lum qildi. 

"ASKUE tizimini joriy qilganimiz bitta masalada adolat o`rnatdi — endi to`lovni amalga oshirmagan iste`molchi energiya yoki gaz bilan ta`minlaymaydi. Ushbu tizim ishga tushgach, elektr energiyasini iste`molchiga etkazib berishdagi uzilishlarni uch barobarga qisqartirdik. Oxirgi besh yilda qurilgan elektr stansiyalari undan oldingi 25 yilda ham qurilmagan.

Elektr energiyasidagi uzilishlarning sababi — uskunalarning eskirganligi yoki etarli emasligida emas. Balki stansiyalarimizda elektr ishlab chiqarish uchun yoqilg`i etishmasligida. Masalan, O`zbekistondagi mavjud elektrning 90 foizi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqariladi. Buning qariyb 85 foizi tabiiy gaz vositasida. Masalan, 2016 yilgacha O`zbekistonda bitta zamonaviy bug`-gaz issiqlik stansiyasi qurilgan — 2012 yilda Navoiy issiqlik elektr stansiyasida. Ammo 2016 yildan keyin Navoiyda bitta, Tallimarjonda ikkita, To`raqo`rg`on elektr stansiyasida ikkita, Taxiatosh elektr stansiyasida ikkita va Toshkent elektr stansiyasida bitta bug`-gaz qurilmasi barpo etildi. Bularning barchasi davlat investisiyasi hisobidan qurildi", - dedi Xo`jaev.

Shuningdek, vazir o`rinbosari ayni paytda hududlarda elektr tokining ko`p o`chirilayotganiga izoh berdi. 

"Kamchiligimiz bor, buni tan olamiz, xatolarimizni to`g`rilaymiz. Aholidan ham tejamkor bo`lishlarini so`raymiz. Qaysi hududlarda elektr energiyasidagi uzilishlar yarim yoki bir soatdan oshib ketayotgan bo`lsa, buning sabablarini o`rganamiz. Kerak bo`lsa, kamchiliklarga yo`l qo`ygan mas`ullarga chora ko`ramiz, - dedi u. 

    Boshqa yangiliklar