Bu haqda AOKAda Energetika vazirligi va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida Energetika vaziri o`rinbosari Sherzod Xo`jaev ta`kidladi.
"Sanoat Energetika Guruhi" kompaniyasi hamda Rossiyaning "Lukoyl" kompaniyasi gaz qazib chiqarish va uni ichki bozorga yo`naltirish bo`yicha shartnomalarda ko`rsatilgan majburiyatlarini to`liq bajarmoqda. Shu bois ularni gaz etishmovchiligiga aybdor sifatida ko`rsata olmaymiz", — deya ta`kidladi vazir o`rinbosari.
Xo`jaevning qo`shimcha qilishicha, tez kunda cheklovlar masalasi 80 foizga hal etiladi:
"Buning uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi eksporti to`xtatildi. Tashqi import 20 foizga oshirildi. Bugungi kundagi uzilishlar 8-10 soatlab tokni o`chirishga sabab bo`lolmaydi.
Qaysi hududlarda elektr energiyasidagi uzilishlar yarim yoki bir soatdan oshib ketayotgan bo`lsa, buning sabablarini o`rganamiz. Agar bunda inson omili mavjud bo`lsa, mas`ullarga chora ko`riladi», — deya qayd etdi vazir o`rinbosari.
"O`zbekneftgaz" Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaev jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, "GTL" kompaniyasidagi ishlab chiqarish 50 foizga kamaytirilib, qolgan gaz aholiga berilishi rejalashtirilayotganini ma`lum qildi.






