Jizzax viloyati Zarbdor tumanida 63 yoshli ayol va uning ikki nevarasi is gazidan zaxarlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati "darakchi.uz"ga hodisa tafsilotlarini ma`lum qildi.
Ma`lum qilinishicha, 2022 yil 15 noyabr kuni soat 08:30 larda Jizzax viloyati Zarbdor tumani, «Yangikent» mahallasida yashovchi 1959 yilda tug`ilgan A.A., voyaga etmagan nabiralari — 2008 yilda tug`ilgan O.A. va 2010 yilda tug`ilgan Ch.T. yashash xonadonida qo`l bola usulda tayorlangan isitish moslamadan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgani aniqlagan.
Mazkur holat yuzasidan Zarbdor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.