Parijda "Samarqandga yo`l. Ipak va oltin mo``jizalari" nomli ko`rgazma tashkil etilmoqda.
Unda O`zbekiston hunarmandlarining asarlari namoyish etiladi. Ko`rgazmada XIX – XX asr o`rtalariga oid milliy to`qimachilik mahsulotlari, liboslar, bezaklar, Buxoro amirligi davrining zardo`zli choponlari, shuningdek, O`zbekiston davlat muzeylari kolleksiyasidan to`plangan Turkiston avangardiga oid rangtasvir asarlar bilan tanishish mumkin bo`ladi.
Ma`lumot uchun, ko`rgazma 2022 yil 23 noyabrdan 2023 yil 4 iyungacha Fransiyadagi Arab dunyosi institutida o`tkaziladi.






