AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qancha talaba tahsil oladi? Xorijdagi o`zbekistonlik talabalar soni ham ochiqlandi

'O`zbekistonda qancha talaba tahsil oladi? Xorijdagi o`zbekistonlik talabalar soni ham ochiqlandi'ning rasmi

17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan yurtimizdagi  154 ta oliy ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan 808 mingdan ortiq talabalarni chin dildan tabriklaymiz.

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021/22-o`quv yili boshiga respublikamizdagi oliy ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan talabalar soni 808,4 mingtani tashkil etgan.

Shundan:

Talaba yigitlar – 439,4 ming nafar

Talaba qizlar – 369 ming nafar

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021/22-o`quv yili boshiga respublikamizdagi oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni 5,1 ming nafarni tashkil etgan.

2021 yilning 1 yanvar holatiga, YuNESKOning statistika instituti ma`lumotlariga ko`ra, xorijda tahsil olayotgan O`zbekistonlik talabalar soni 85,9 ming nafarni tashkil etgan.

Xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan O`zbekistonlik talabalar soni bir yil ichida qariyb 33 ming nafarga ortdi.

Ushbu ko`rsatkich bo`yicha Qozog`iston Respublikasi 90,3 ming nafar talaba bilan mintaqada etakchilik qilmoqda.

Dunyo miqyosida Xitoy Xalq Respublikasi 1,1 mln. talabasi xorijda tahsil olishi bilan mutlaq etakchilik qilmoqda.

Mintaqadagi ayrim davlatlar bo`yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni:

— Qozog`iston – 90,3 ming nafar

— O`zbekiston – 85,9 ming nafar

— Ukraina – 79,9 ming nafar

— Turkmaniston – 68,2 ming nafar

— Rossiya – 57,6 ming nafar

— Afg`oniston – 31,9 ming nafar

— Tojikiston – 28 ming nafar

— Belarus R. – 24,5 ming nafar

— Qirg`iz R. – 13,3 ming nafar

 

    Boshqa yangiliklar