Italiyaning Lasio shahrida yashovchi fuqaro bilan misli ko`rilmagan qiziqarli hodisa yuz berdi. U elektr energiyasidan 65 ming evro qarzdorligi to`g`risida ogohlantirish oldi, deb yozadi “Lenta.ru”.
Nashrning xabar berishicha, italiyalik erkak 10 yil davomida elektrga pul to`lamagan. Daniele Kamettining o`zi esa qarzi shuncha bo`lib ketganidan hayratda ekanligini bildirgan. Uning aytishicha, kommunal to`lovlarni oyma-oy to`lab boradi.
Kametti 65 ming evroga kvitansiya olganidan beri unda gipertoniya huruj qilmoqda.
“Men shokdaman. Bir lahzada men va oilamning hayoti ostin-ustun bo`lib ketdi”,—deydi u.
Unga qarzdorlik haqidagi kvitansiyani yuborgan kompaniya esa to`lashni talab qilmoqda.
Hozirda Daniele Kametti o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali mazkur kvitansiyaning suratini joylab, jamoatchilik e`tiborini tortish va muammoni hal etishga urinmoqda.
Internet foydalanuvchilari mazkur holatda texnik xato yuz berganini ta`kidlab, unga advokat yollashni maslahat bermoqda.





