Toshkent metropoliteni matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Toshkent metropolitenining 7-bekati vaqtincha xizmat ko`rsatmaydi.
"Toshkent shahri Farg`ona yo`li ko`chasidan “Qo`yliq” dehqon bozori tomon qurilayotgan yo`l o`tkazgichining metropoliten "Er usti halqa yo`li" yo`nalishi 6- va 7-bekatlari oralig`i er ustki qismida qolip konstruksiyalarini demontaj va montaj ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 7-bekat xizmat ko`rsatmaydi", - deyladi e`londa.
Ta`kidlanishicha, 7-bekat joriy yilning 21 noyabr kunidan 6 dekabr kuniga qadar yopiladi. "Er usti halqa yo`li" yo`nalishida poezdlar harakati “Do`stlik-2” bekati bilan 6-bekat oralig`ida tashkil etiladi.
Shuningdek, yo`lovchilar uchun 6- va 7-bekat oralig`ida avtobus harakati yo`lga qo`yiladi.






