Uzbekistan Airways 2022 yil 15 noyabridan Toshkent – Seul – Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlar uchun yuk tashish me`yori oshirilishini ma`lum qildi.
Qayd qilinishicha, yo`lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida faqat ekonom-klass uchun bagaj miqdori oshiriladi:
- Puli qaytariladigan tariflar uchun – har biri uch o`lcham yig`indisi bo`yicha 23 kg/158 sm gacha bo`lgan 2 ta bagajga;
- Puli qaytarilmaydigan tariflar uchun – har biri uch o`lcham yig`indisi bo`yicha 23 kg/158 sm gacha bo`lgan 1 ta bagajga.
- 2 yoshgacha bo`lgan bolalarning puli qaytariladigan va qaytarilmaydigan ekonom-klass tariflari uchun bagaj miqdori 10 kg/115 sm ni tashkil qiladi.






