AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekiston bo`ylab yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekiston bo`ylab yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, ertalab Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, kunning birinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg`ir yog`adi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo`ladi.

Tog`oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar