1

Samarqandda kelin qaynonasini urib o`ldirdi

Jinoyat 19.11.2022, 12:22
Samarqandda kelin qaynonasini urib o`ldirdi

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining 102 raqamiga Urgut tumanidan qilingan qo`ng`iroq orqali Chag`izmon mahallasida mudhish hodisa ro`y berganligi bayon etildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Ma`lum qilishicha, kelin qaynonasining o`limiga sababchi bo`ldi. Ayanchli hodisaga sabab, qaynona va kelin o`rtasidagi kelishmovchilik. Kelishmovchilik tufayli yuzaga kelgan janjal ortidan kelin o`z qaynonasining boshiga g`isht bo`lagi bilan urib o`ldirib qo`ygan.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i Rahmat Mamatov mazkur mahallada bo`lib, tuman hokimligi, sektor rahbarlari jamoatchilik vakillari ishtirokida mazkur holat yuzasidan muhokamaviy yig`ilish o`tkazgan. 

-Nega, kelin qaynonaga hurmasizlik qilayapti, qaynona kelin bilan murosa qila olmayapti. Nima uchun bunday nizoli holatlar ko`p? Tarbiyada oqsoqlik bor,- dedi boshqarma boshlig`i.

Shuningdek, mudhish hodisa sodir bo`lgan xonadon mahalla mutasaddilari tomonidan atroflicha o`rganilmaganligi tanqid qilingan.

Eslatib o`tamiz, sal avval Samarqandda oilaviy kelishmovchidik sabab uch bolasi bilan o`zini kanalga tashlagan ayolning ikki farzandi halok bo`lgani xabar qilingan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1