AsosiyJamiyat

Toshkentdagi “novostroyka”da katta yuk ko`tarish krani qulab tushdi (video)

'Toshkentdagi “novostroyka”da katta yuk ko`tarish krani qulab tushdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda yangi qurilayotgan uylardan birining qurilishida kran qulab tushgani haqida video tarqaldi. 

Holat yuzasidan FVV ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, bugun, 19 noyabr kuni taxminan soat 11:20 larda Toshkent shahar  Sirg`ali tumani Choshtepa ko`chasida joylashgan yangi  qurilayotgan ko`p qavatli binoning qurilish jarayonida foydalanish uchun o`rnatilayotgan yuk ko`tarish krani qulab tushgan.

  Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo`lganlar yo`q. Voqea joyiga tuman FV bo`limi rahbar xodimlari va tegishli tashkilotlar mas`ullari etib borgan. Hozirda vaziyat tafsilotlari o`rganilmoqda.

    Boshqa yangiliklar