Rossiya OAVlarida futbolchi Andrey Arshavin va sobiq model Alisa Kazmina turmush qurganlari va yaqinda farzandli bo`lishlari haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga Alisaning o`zi oydinlik kiritdi hamda homiladorligini tasdiqladi.
Andrey va Alisa Sankt-Peterburgdagi FHDYolardan birida qonuniy nikohdan o`tishdi. Marosimda Alisaning farzandlari ham ishtirok etishdi. Ma`lumotlarga ko`ra, Kazmina Arshavinning familiyasiga o`tgan.
Rossiyaning mashhur futbolchilaridan biri Arshavin uchun bu birinchi qonuniy nikoh sanaladi. Avvalroq Andrey Arshavin farzandlarining onasi Yuliya Baranovskaya bilan yashagan.
Arshavin uchun tug`ilajak bola to`rtinchi farzand bo`ladi: futbolchining Yuliya Baranovskayadan Artyom, Yana va Arseniy ismli farzandlari bor, Alisa esa uchinchi marta ona bo`ladi.