Moskvaning janubi-g`arbida jasadi topilgan qizni o`ldirishda ayblanayotgan O`zbekiston fuqarosi o`z aybiga iqror bo`ldi, deb xabar bergan Moskva tergov qo`mitasi.
So`roq paytida sotuvchi ayolni o`ldirganlikda ayblanib, qo`lga olingan shaxs o`z aybiga iqror bo`lib, jinoyatni qanday sodir etganini batafsil aytib bergan. Qotillikka javobsiz sevgi sabab bo`lgan. Ichki ishlar xodimlari jinoyat sodir etilgan yig`ma pichoqni topishgan. Shuningdek, yigitni Moskvadan chiqib ketishiga yordam bergan yana bir kishi guvoh sifatida hibsga olingan.
Qayd etilishicha, 17 noyabr kuni o`zbekistonlik erkak marhumani pichoq bilan qo`rqitib, bo`g`ib o`ldirmoqchi bo`lganda, ayol polisiyani chaqirgan. Ertasi kuni qiz o`lik jasadi topilgan.
Asli o`zbekistonlik bo`lgan yigit uzoq vaqt davomida do`konda ishlagan.






