Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonning 3-mikrorayonidagi ko`p qavatli uyga o`t ketgani aytilgan video tarqaldi.
FVV mazur ma`lumotlarni tasdiqlab, bugun, 20 noyabr kuni soat 21:09 da Andijon viloyati Andijon shahar "O`rikzor" MFY 3-kichik dahasida joylashgan ko`p qavatli uylarning birida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida viloyat FVBga xabar kelib tushganini ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, 12 ta yong`in-qutqaruv ekipaji va 3 ta avtonarvon soat 21:18 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 21:40 da qurshab olingan va soat 22:25 da bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida ko`p qavatli uyning tahminan 400 kv.m maydonda tom qismi yonib zararlangan.
"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q", — deyiladi xabarda
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanayotgani aytilmoqda.






