AsosiyJamiyat

Bugun ayrim hududlarda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda

'Bugun ayrim hududlarda yomg`ir yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zgidromet 21 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma`lumotlarini e`lon qildi.

Unga ko`ra, bugun kunduz kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, Navoiy, Toshkent viloyatlarida ayrim joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Qolgan hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15 ° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-14° iliq bo`ladi.

Tog`oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, ba`zi joylarga kuchli bo`lishi mumkin. Tog`li hududlarda qor ko`chish xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar