Qirg`iziston prezidenti Almazbek Atambaevning qizi Aliya Shagieva 4 yil mobaynida uchrashib yurgan sevgilisiga yashirincha turmushga chiqdi, deb yozadi “Cosmo.ru”.

19 yoshli Qirg`iziston malikasi bu haqda o`zining Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi va sevgilisi bilan tushgan ehtirosli suratlarini taqdim etdi.

Aliyaning turmush o`rtog`i Konstantin ismli rus millatiga mansub yigit bo`ldi.

“Men shaxsiy hayotimni ommaga ko`z-ko`z qilishni yotirmayman, shuning uchun ham 4 yil davomida Kostya bilan tushgan birorta suratimni ijtimoiy tarmoqlarga joylamaganman. Ammo bugun u bilan ajoyib kunni birga o`tkazish, suratga tushish hamda uni ijtimoiy tarmoqqa joylash yoqimli bo`ldi. Iliq shamol. Biz endi er-xotinmiz. Tabriklarni qabul qilishga tayyorman”,—deydi Qirg`iziston malikasi.

Aksariyat internet foydalanuvchilari Aliyaga oilaviy baxt tilamoqda. Biroq ulardan ayrimlari qirg`iz malikasining rus millatiga mansub yigitga turmushga chiqqanini qoralamoqda.





