O`zbekiston Prezidenti Qozog`iston Prezidentini umumxalq saylovidagi g`alabasi bilan tabrikladi

Siyosat 21.11.2022, 11:08
O`zbekiston Prezidenti Qozog`iston Prezidentini umumxalq saylovidagi g`alabasi bilan tabrikladi

21 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati. 

Davlat rahbari Qasim-Jomart Toqaevni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti umumxalq saylovi muvaffaqiyatli o`tgani va unda ishonchli g`alaba qozongani bilan samimiy muborakbod etdi.

O`zbekiston-Qozog`iston yaxshi qo`shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko`rib chiqildi.

Bo`lajak oliy darajadagi uchrashuvlarni tayyorlashga alohida e`tibor qaratildi.

Savdo, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo`jaligi kabi ustuvor yo`nalishlarda va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida amaliy hamkorlikni kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1