AsosiyDunyo

Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi urush boshlaganidan beri mamlakatga qarata 4,7 mingdan ortiq raketa uchirgan

'Rossiya armiyasi Ukrainaga qarshi urush boshlaganidan beri mamlakatga qarata 4,7 mingdan ortiq raketa uchirgan'ning rasmi

Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Frankofoniya xalqaro tashkiloti a`zolariga yo`llagan murojaatida ma`lum qildi.

Yuzlab shaharlarimiz shunchaki yoqib yuborildi. Minglab odamlar halok bo`ldi. Yuz minglab insonlar kuch bilan Rossiyaga deportasiya qilindi. Millionlab odamlar urushdan qutulish maqsadida Ukrainadan boshqa davlatlarga ketib qoldi. Biz buni to`xtatishimiz kerak. Rossiya bosqinchiligiga barham berishimiz lozim», — deydi Zelenskiy.

Shuningdek, u 15 noyabr kuni Ukrainaga qarshi otilgan 100 ga yaqin raketalar hujumini eslab o`tgan.

"Shaharlarimizga qarshi turli 100 ta raketa. Turar joy binogalariga qarshi. Korxonalarga, elektr stansiyalariga qarshi. Raketalar zarbasi nimaligini bilasizmi? Bu 20 milliondan ortiq odam chiroqsiz degani. Energiya tizimiga shu qadar katta zarar etkazilganidan, avariyaviy o`chirishni amalga oshirishga to`g`ri keldi. Ikkita atom stansiyamizdagi reaktorlar ham energetikaga qaratilgan raketa zarbalari sabab o`chirildi", — deya ta`kidlaydi Ukraina prezidenti.

    Boshqa yangiliklar