Bugun, 21 noyabr kuni Turkiyaning Karqamish shahriga Suriyadan uyushtirilgan raketa hujumida kamida uch kishi, jumladan bir bola qurbon bo`ldi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.
“Gaziantep viloyatidagi Karkamish shahrining o`qqa tutilishi oqibatida uch kishi, jumladan, bir bola va bir o`qituvchi halok bo`ldi”, deydi Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu jurnalistlarga.
Turkiya ommaviy axborot vositalari Turkiya shahrining o`qqa tutilishida taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) va Xalq o`zini-o`zi mudofaa kuchlari a`zolarini ayblamoqda. Bu ularning Turkiyaning Suriya va Iroqda kecha, 20 noyabr kuni o`tkazgan yangi havo operasiyasiga javobi bo`lishi mumkin.
Turkiya harbiy-havo kuchlarining “Tanjali qilich” operasiyasi 50 dan ortiq samolyot va 20 ta dron ishtirokida amalga oshirildi. Erdan havo yordami artilleriya tomonidan ta`minlandi. Zarbalar Turkiyada taqiqlangan KIP va uning Suriyadagi bo`limi (“Xalq o`zini-o`zi mudofaa kuchlari”)ning bazalariga berilgan. Turkiya Mudofaa vazirligi Iroq shimolidagi Qandil, Asos, Xakurk hududlari bilan bir qatorda Suriya shimolidagi Arap-Pinari, Tell-Rifat, Jizre va Derik hududlarida operasiya muvaffaqiyatli o`tkazilganini ma`lum qildi.






