Jahon chepionatida AQSh jamoasi uchun birinchi golni prezidentning o`g`li kiritdi

Sport 22.11.2022, 16:16
Jahon chepionatida AQSh jamoasi uchun birinchi golni prezidentning o`g`li kiritdi

AQSh va Uels terma jamoalari futbolchilari Qatarda bo`lib o`tayotgan jahon chempionatining guruh bosqichining birinchi o`yinida durang o`ynadi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

AQSh terma jamoasi uchun birinchi golni Liberiya prezidenti Jorj Veaning o`g`li Timoti Vea (36-daqiqada) kiritdi. Uels terma jamoasi uchrashuvning 82-daqiqasida Garet Beyl penaltini golga aylantirib hisobni tenglashtirgan.

22 yoshli Timoti Vea AQSh fuqarosi. Uning otasi Jorj - "Monako", "Pari Sen-Jermen", "Milan", "Chelsi" va "Manchester Siti" klublarida o`ynagan sobiq professional futbolchi hisoblanadi.

Jorj Vea Italiya va Fransiya chempioni, “Oltin to`p” sohibi (1995 yil, Afrika qit`asining bu sovrinni qo`lga kiritgan yagona vakili). U futbolchilik faoliyatidan so`ng siyosiy faoliyat bilan shug`ullana boshlagan. 2015-2018 yillarda Liberiya senatori, 2018 yilda esa prezident etib saylangan.

Ma`lumot uchun: AQSh terma jamoasi jahon chempionatida 11-marta ishtirok etmoqda. 2018 yil Rossiyada bo`lib o`tgan jahon chempionati uchun amerikaliklar saralashdan o`ta olishmagan. Amerika jamoasining chempionatdagi eng yaxshi yutug`i 1930 yilda bo`lgan. O`shanda jamoa uchinchi o`rinni egallagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1