AsosiyJamiyat

Qandli diabet rivojlanishini sekinlashtirish yo`li topildi

'Qandli diabet rivojlanishini sekinlashtirish yo`li topildi'ning rasmi

Kanada olimlari qandli diabet kasalligining II turi rivojlanishini sekinlashtirish va oldini olish yo`lini topdi. Buning uchun tegishli ko`rsatmaga muvofiq, D vitamini qabul qilish zarur. Bu haqda SSV xabardor qilmoqda.

Tadqiqotda ishtirok etgan ko`ngillilar olti oy davomida odatdagi me`yordan ko`proq dozada mazkur darmondorini qabul qilgan. Yakunda ushbu muolaja qandli diabet rivojlanishiga moyilligi bo`lgan va oz muddat avval ushbu kasallikka chalingan bemorlarda yaxshi samara berishi aniqlangan.

Ammo ko`p yillardan beri xastalikdan aziyat chekib kelayotganlar salomatligida D vitamini natijasida sezilarli o`zgarish kuzatilmadi. Olimlar fikricha, bunday bemorlarda metabolik funksiyaning yaxshilanishini qiyin kechishi tabiiy. Ijobiy ko`rsatkichga erishish uchun yanada ko`proq vaqt talab etilishi mumkin.

Shuningdek, qandli diabet bilan og`rigan va unga moyilligi bo`lganlar maxsus ovqatlanish rasioniga qat`iy amal qilib, jismoniy faol turmush tarziga odatlanishlari zarur.

    Boshqa yangiliklar