AsosiyDunyo

London Kiev uchun vertolyotlar beradi

'London Kiev uchun vertolyotlar beradi'ning rasmi

Buyuk Britaniya Ukrainaga uch dona Sea King vertolyotlarini etkazib beradi. Bu haqda manbalarga tayanib Zamon.uz' xabar bermoqda.

Ma`lum bo`lishicha, bu Birlashgan Qirollik tomonidan Kievga berilgan ilk uchuvchi qurilmalari hisoblanadi. Ayrim ma`lumotlarga ko`ra, vertolyotlardan biri allaqachon Ukrainada. Bu Kievga taqdim etilayotgan yangi harbiy yordam paketi doirasida amalga oshirilmoqda. Vertolyotlardan tashqari, 10 ming artilleriya snaryadlari ham taqdim etiladi.

Ukrain harbiylari vertolyotni boshqarish bo`yicha olti haftalik o`quv kursini yakunladi, jami 10 ta ekipaj malakasi oshirilgan.

Eslatib o`tamiz, Sea King’dan qutqaruv-qidiruv operasiyalari bilan birga, razvedka maqsadlarida ham foydalaniladi.  Hozirgi kunda uni ishlab chiqarish to`xtatilgan. Vertolyotning bir donasi 5 million funt-sterling (6 million dollar) turadi.

    Boshqa yangiliklar