Toshloq tumanida fuqaro O.B. IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 29 oktyabr kunidan 30 oktyabr kuniga o`tar kechasi noma`lum shaxs Quyi Yakkatut mahallasida joylashgan kompyuter xizmatlari ko`rsatish xonasiga g`ayriqonuniy ravishda kirib, kompyuter xonasidan jami narxi 8.000.000 so`mlik «PlayStation» o`yin jamlanmasi ehtiyot qismlarini yashirin ravishda o`g`irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.R sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.






