AsosiyJamiyat

Endi talabalar shartnoma to`lovlarini onlayn to`lashlari mumkin

'Endi talabalar shartnoma to`lovlarini onlayn to`lashlari mumkin'ning rasmi

Endi talabalar shartnoma to`lovlarini onlayn to`lashlari ham mumkin. Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to`lov tizimi orqali JShShIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to`lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bunda shartnoma bo`yicha qarzdorlikni ham ko`rishlari mumkin.

Buning uchun:

Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab olish;

plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlash;

“OTM shartnoma” to`lovi xizmatini tanlash;

Plastik karta va JShShIR raqamini kiritish kerak.

kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to`lov qilishlari mumkin.

Dasturning o`zi ta`lim muassasasi va shartnoma  to`g`risidagi barcha kerakli ma`lumotlarni topadi.

    Boshqa yangiliklar