AsosiyJamiyat

Energetika vazirligi “Andijonda chiroq o`chgan paytda reanimasiyadagi bemor vafot etdi” sarlavhali xabarga munosabat bildirdi

'Energetika vazirligi “Andijonda chiroq o`chgan paytda reanimasiyadagi bemor vafot etdi” sarlavhali xabarga munosabat bildirdi'ning rasmi

Unga ko`ra, joriy yilning 22 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Andijonda chiroq o`chgan paytda reanimasiyadagi bemor vafot etdi” sarlavhali xabar e`lon qilingan.

Ushbu holat yuzasidan vazirlik quyidagilarni ma`lum qildi:

"Joriy yilning 10 noyabr kuni soat 21:58 dan 22:05 ga qadar (7 daqiqa) Qo`rg`ontepa tuman tibbiyot birlashmasini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi 2 ta tarmoqdan birida uzilish sodir bo`lgan. 

Andijon viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o`tkazilgan dastlabki xizmat surishtiruvi natijalariga ko`ra, kombaynga ikki oyog`i bilan kirib ketib, juda og`ir tan jarohati olgan bemorga belgilangan standartlar bo`yicha muolajalar o`tkazilgan.

Tezkorlik bilan o`tkazilgan jarrohlik amaliyoti yakunlangan vaqtda elektr ta`minotida uzilish bo`lmagan. Ma`lum bo`lishicha, operasiya tugaganidan keyin bir necha daqiqa vaqt o`tib, elektr energiyasida uzilish sodir bo`lgan.

Ta`kidlash kerakki, bemorga muolajalar o`tkazilayotgan operasiya xonalaridagi barcha apparatlar yangi va zamonaviy bo`lib, ular  elektr ta`minotida uzilish bo`lgan holatda ham 30 daqiqagacha mustaqil ishlaydi, ba`zilarining quvvati esa 4 soatgacha etadigan qo`shimcha elektr ta`minoti manbalariga ulangan.

Energetika vazirligi marhumning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Hozirgi vaqtda iste`molchilarni, jumladan, tibbiyot muassasalarini elektr energiyasi bilan barqaror ta`minlash yuzasidan qo`shimcha choralar ko`rilmoqda", deyiladi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar