AsosiyJamiyat

Hokimlik bergan ko`mir yaroqsiz. Qashqadaryodagi maktab ota-onalar olib kelgan o`tin bilan isitilmoqda

'Hokimlik bergan ko`mir yaroqsiz. Qashqadaryodagi maktab ota-onalar olib kelgan o`tin bilan isitilmoqda'ning rasmi

Xalq ta`limi vaziri Baxtiyor Saidov maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida kuzatilayotgan muammo va kamchiliklar muhokamasiga bag`ishlangan yig`ilish o`tkazgan. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, xalq ta`limi tizimida 10 mingdan ortiq maktablar mavjud bo`lib, ularning moddiy-texnik holati va infratuzilmasi o`sha erdagi mahalliy hokimlik rahbarlari tomonidan muvofiqlashtirilishi lozim. 

Vazir Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi “Oybek” mahallasida joylashgan 58-sonli maktab va uning filiallariga 20 tonna yaroqsiz ko`mir etkazib berilganligi sabab maktab ota-onalar tomonidan olib kelinadigan o`tinda, “burjuyka” pechkalarda isitib kelinayotganligini tanqid qilgan.

Viloyatning Qamashi tumanidagi 85-maktab filiali, Namangan viloyati Uychi tumanidagi 4-son maktabda ham ahvoli ham o`ta achinarliekanligi qayd etilgan.

Vazir tizim rahbarlari hokimliklar bilan muammolarni hal etish masalalarini tezkorlik bilan amalga oshirishi zarurligi aytib o`tgan.  Bu borada sustkashlikka yo`l qo`ygan mas`ullarga tegishli intizomiy jazo choralari qo`llanilgan.

Shuningdek, o`qituvchilarni o`z xizmat vazifasidan tashqaridagi ishlarga jalb qilmaslik bo`yicha  ogohlantirilgan.  Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilinayotgan tizimga doir tanqidiy materiallarga o`z vaqtida munosabat bildirish, keltirilgan muammolarni tezkor o`rganish bo`yicha barcha darajadagi rahbar va mas`ullar qat`iy ogohlantirilgan.

 

    Boshqa yangiliklar